x

Unga ko`ra, kecha, 27 iyun' kuni Parijga yaqin Nanter shahrida 17 yoshli yigit yo`l harakati nazorati vaqtida politsiyaga bo`ysunishdan bosh tortgani uchun otib o`ldirilgan.

O`smir bilan bir mashinada bo`lgan yo`lovchi qo`lga olingan, ikkinchisi qochib ketgani uchun qidiruvga berilgan. Shuningdek, politsiya xodimi qasddan odam o`ldirishda gumonlanib hibsga olingan. 

Qotillikdan bir necha soat o`tib shahar ko`chalarida aholi to`plana boshlagan va holatdan norozilik fonida tartibsizliklar keltirib chiqargan. 

Avtobus bekatlari buzib tashlangan va chiqindi qutilariga o`t qo`yilgan. Aholining bir qismi politsiyaning hududga kirishiga yo`l qo`ymaslik uchun barrikadalar qurgan. Kun oxirida 50 ga yaqin odam Nanter politsiya idorasi oldida politsiyaga qarshi shiorlar aytib namoyish o`tkazgan. 

Huquq-tartibot idoralari xodimlari olomonni orqaga qaytarish uchun ko`zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Tartibsizliklar vaqtida 13 kishi hibsga olingan. BMFTV ma'lumotlariga ko`ra, to`qnashuvda kamida bir kishi jarohatlangan.

To Top ↑
To Top ↑