Joriy yilning 12 iyun' kuni noma'lum ayol ko`chada o`ynab yurgan qizchaning oldiga kelib, undan ziraklarini tomosha qilish uchun berib turishini so`ragan. Biroq ayol ziraklarni qaytarib bermay, darhol g`oyib bo`lgan.
Shundan so`ng qizchaning onasi 29 yoshli Gulzoda T. qiymati 100 AQSh dollari bo`lgan ziraklar o`g`irlab ketilganligi yuzasidan ariza bilan murojaat qilgan.
Ko`rilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 35 yoshli Dilnoza B. aniqlanib, qo`lga olindi. Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O`g`rilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov davom etmoqda, deyiladi poytaxt IIBB xabarida.