Bosh prokuror matbuot kotibining xabar berishicha, kuni kecha Andijon viloyati Paxtaobod tumanida 17 yoshli yigit va 15 yoshli qiz chaqmoq urishi oqibatida tan jarohati olishgan.
Habarda aytilishicha, shifokorlar tomonidan ko`rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan yigit vafot etgan. Qizning ahvoli esa qoniqarli bo`lib, hozirda shifoxonada davollanmoqda.
Qo`shimcha qilinishicha, mazkur holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.