Mahalliy yangiliklar
Buxorolik saylovchilar bilan uchrashuvda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoev xususiy ta'limni rivojlantirishga oid rejalar haqida ma'lumot berdi.
“Hususiy maktablarga 1-sinfga borgan bolaning ota-onasiga bir yil davomida maktab uchun oylik to`lovining 450 ming so`mi kompensatsiya qilib beriladi.
Tadbirkorlarga xususiy maktab tashkil etish uchun olinadigan kreditning 14 foizdan ortgan qismi qoplab beriladi.
Hususiy maktablarda muallimlar uchun talablar davlat maktablari bilan bir xil bo`ladi. Shu orqali, maktablarda o`quvchilar soni 35 nafardan ko`p bo`lgan birorta sinf qolmaydi (hozir 37 mingta bunday sinf bor).
Umuman, hozirgi vaqtda xususiy maktablarda mavjud 85 ming o`quvchi o`rnini 2030-yilga qadar kamida 400 mingtaga etkazish bo`yicha barcha sharoitlarni yaratib beramiz”, – dedi nomzod.
Dilmurod TILOVOV tayyorladi