To`lov shartnoma asosida o`qiyotganlar uchun ajratiladigan ta'lim krediti faqat davlat OTMlari talabalariga emas, balki xususiy OTMlar talabalariga ham ajratiladi. Kimlar kredit olish imkoniga ega?
Respublikadagi oliy, o`rta maxsus va professional ta'lim muassasalari, shu jumladan xususiy va xorijiy oliy, o`rta maxsus va professional ta'lim tashkilotlari hamda ularning filiallari talabalari va o`qishini "perevod" qilganlar ham kredit ololishi mumkin.
Bunda talaba kontrakt qog`ozini (OTM bilan tuzilgan kontrakt shartnomasi) bankka topshiradi va bir yillik kontrakt summasiga teng kredit ola oladi. Lekin super-kontrakt uchun kredit berilmaydi.
Ta'lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o`qish muddati tugagandan so`ng ettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi. Kreditni muddatidan oldinroq ham to`lab qo`ysa bo`ladi.