x

Jizzax viloyatida 6-sinf qizning nomusiga tekkan 21 yoshli yigitga ikki yil ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi. Bu haqda “Sukut saqlama” loyihasi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 21 yoshli yigit 2022 yilning yozida 12 yoshli qiz bilan tanishgan va o‘zaro yaqin munosabatga kirishgan. Bir necha yildan so‘ng turmush qurishni rejalashtirgan yigit va qiz uzoq vaqt uchrashib yurgan.

Shuningdek, kuz oylarining birida yigit qizni birga aylanishga taklif qilgan. Qo‘shnisi hamrohligida chiqqan 6-sinf qiz yigitning taklifi bilan uning yaqin qarindoshinikida tunab qolgan.

Shundan so‘ng, yigit qizning roziligi asosida u bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan. Ertasi kuni takroran uchrashuv belgilanib, yuqoridagi holat takrorlangan. Sud jarayonida ayblanuvchi o‘z qilmishiga iqror bo‘lgan, qiz va uning onasi esa yigitga qarshi hech qanday da’vosi yo‘qligini bildirgan.

Tegishli organlar tomonidan ayblanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 128-moddasi 3-qismi (16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqada bo‘lish) bilan jinoyat ishi ochilgan. Sud muhokamasi davomida sudya ishni 128-moddaning 1-qismiga, ya’ni yengilroq jazoni nazarda tutuvchi toifaga o‘zgartirgan. Bu bilan sudlanuvchi aybdor deb topilib, 2 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

To Top ↑
To Top ↑