Qozog`istonning Ostona shahrida ayol bolasi va o`zini 12-qavatdan tashladi. Bu haqda “Tengrin'yus” xabar berdi.
Keltirilishicha, voqea bugun, 9 iyun' kuni soat 14:19 da sodir bo`lgan.
“102 ga Sig`onoq ko`chasida bolali ayol 12-qavatning derazasidan qulab tushgani haqida xabar kelib tushdi. Politsiya xodimlari voqea joyiga etib keldi. Ayol olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bo`ldi, bolasi esa shifoxonada vafot etdi”, deyiladi mahalliy politsiya xabarida.
Keyinroq ayolning o`z joniga qasd qilgani aniqlangan. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilayotgani hamda ekspertiza tayinlangani xabar qilingan. Voqeaning qolgan tafsilotlari hozircha ochiqlanmayapti.