x

“Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident farmoni (PF–79-son, 26.05.2023 y.) qabul qilindi

Farmonga ko`ra, 2023 yil 1 sentyabrdan:

– maktab direktoriga o`z o`rinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan bo`shatish, ajratilgan umumiy soatlar doirasida o`quv rejalariga 15 foizgacha o`zgartirish kiritish masalalarini mustaqil hal qilish huquqi beriladi;

– tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta'limi bo`limlarining maktab faoliyatini tekshirish va ta'lim sifatini baholash bo`yicha vakolatlari bekor qilinadi;

– hududlarda eng tajribali maktab direktorlaridan iborat Direktorlar kengashlari tuziladi;

– maktab direktorlari Direktorlar kengashi tavsiyasiga asosan hududiy boshqarmalar tomonidan ochiq tanlov asosida lavozimga tayinlanadi.

– 2024 yil 1 yanvardan maktab direktorlarini har 5 yilda bir marotaba kasbiy sertifikatsiyalash tizimi joriy etiladi.

– Bunda, sertifikatsiyadan o`ta olmagan direktorlar belgilangan tartibda lavozimidan ozod etiladi.

– Farmonga muvofiq, quyidagilar bekor qilinadi:

– ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarlarini lavozimga tayinlashda tuman (shahar) ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan tavsiya berish amaliyoti;

– jismoniy tarbiya fani o`qituvchilarini ishga qabul qilishda sport sohasidagi vakolatli davlat organining hududiy bo`limlari hamda sport maktablari metodistlari tomonidan yo`llanma berish tartibi.

2024 yil 1 yanvardan:

– bola tug`ilganidan so`ng, doimiy yashash manzilidagi mikrohududga biriktirilgan maktabda onlayn hisobga qo`yiladi;

– maktablarning har o`quv yili uchun qabul rejasi my.maktab.uz elektron platformasida shakllantiriladi.

Shuningdek, 2023/2024 o`quv yilidan “Sirdaryo tajribasi” asosida har bitta hududda bittadan zamonaviy “Barkamol avlod” bolalar maktablari tashkil qilinadi.

Dilmurod TILOVOV tayyorladi

 

 

 

To Top ↑
To Top ↑