O`rta ta'limni avvalgi yillarda tugatgan abituriyentlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to`lov qilishlari kerak.
Ayni paytda bir BHM – 330 ming so`m, yarim baravari esa 165 ming so`m.
Lekin hamma abituriyentlar ham to`lov qilmaydi. To`lovdan ozod abituriyent toifalari:
➖o`qishni test o`tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;
➖ nogironligi bo`lgan shaxslar;
➖ mehribonlik uylari bolalari;
➖ bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
➖“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida ro`yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
➖“Yoshlar daftari”da ro`yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to`lov qilmaydi.
Dilmurod TILOVOV tayyorladi