Mahalliy yangiliklar
Gruziyada bo`lib o`tgan shaxmatning rapid yo`nalishi bo`yicha Jahon chempionatida hamyurtimiz Umida Omonova oltin medalni qo`lga kiritishga muvaffaq bo`ldi. Shuningdek, “Qizlar 08” guruhida ishtirok etgan Mumtozbegim Sobirova 8 ochko jamg`arib, “World Cadet & Youth Rapid Championships 2023” musobaqasining kumush medaliga ega chiqdi.
Ma'lumot uchun: Gruziyaning Batumi shahrida 6-8 iyun' kunlari 18 yoshgacha bo`lgan qizlar o`rtasida Jahon chempionati bo`lib o`tdi. O`zbekiston nomidan dona surgan Umida Omonova rapid bo`yicha kadetlar va yoshlar musobaqasida “Qizlar 18” guruhida g`oliblikni qo`lga kiritib, oltin medal' sohibi bo`ldi. Turnirda jami 35 davlatdan 450 nafardan ortiq shaxmatchi 12 guruhga bo`lingan holda ishtirok etdi. O`zbekiston nomidan esa 21 nafar shaxmatchi qatnashdi.