x

“Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident farmoni (PF–79-son, 26.05.2023 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko`ra, 2023/2024 o`quv yilidan bosqichma-bosqich:

maktablarning 1–4-sinflarida o`quvchilarga boshlang`ich, 5–9-sinflarida tayanch hamda 10–11-sinf o`quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos o`quv dasturlari va o`quv-metodik majmualar joriy etiladi;

baholashning yangi tartibi joriy etiladi. Bunda o`quvchining o`tilgan mavzuni amaliyotda qo`llay olishi, tanqidiy fikrlash va tahlil ko`nikmalari baholanadi;

boshlang`ich sinflarda informatika, o`rta sinflarda esa moliyaviy savodxonlik darslari o`tiladi;

barcha fanlar bo`yicha amaliy mashg`ulotlar ulushi 60 foizga etkaziladi.

2024 yil 1 yanvardan maktabga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan o`qituvchilarni kasbiy sertifikatlash joriy etiladi.

Bunda 2023/2024 o`quv yilidan o`qituvchilar stajyor-o`qituvchi sifatida ishlaydi va 1 yilda sertifikat olishi talab etiladi.

2024 yil 1 yanvardan davlat bog`cha, maktab va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagoglariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.

Bunda malaka toifasi uchun sinovlar 1 yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o`tkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo`yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda – pedagogik mahorati baholanadi.

2024 yil 1 iyundan bog`chalardagi oliy ma'lumotli tarbiyachilarning oyligi maktab o`qituvchilari oyligiga tenglashtiriladi.

Dilmurod TILOVOV tayyorladi

To Top ↑
To Top ↑