x

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida 14 yoshli qizini bir yil davomida muttasil kaltaklab kelgan ota 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Koson tuman sudida joriy yilning aprel' oyida 14 yoshli qizini kaltaklagan otaga oid jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha ochiq sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e'lon qilindi, deya xabar berdi Oliy sud matbuot xizmati.

Aniqlanishicha, R. T. oxirgi bir yil davomida muttasil ravishda o`zining 2009 yilda tug`ilgan voyaga etmagan qizini har xil so`zlar bilan haqoratlab, urib-do`pposlab, qiynab kelgan.

Sud hukmiga muvofiq R. T. Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynash) 2-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Eslatib o`tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvlarga sabab bo`lgan mazkur holatda qizni kaltaklashda uning 1982 yilda tug`ilgan o`gay onasi ham ishtirok etgan.

Avvalroq qiz mahalla qaromog`iga olinib, xavfsizligi ta'minlangani, uni vasiylikka berish masalasi ko`rib chiqilayotgani xabar qilingan edi.

Dilmurod TILOVOV tayyorladi

To Top ↑
To Top ↑