Quloqsiz...
Qulog`ing «engil» bo`lsin,
Uni «og`ir» qilmagin.
«Quloqsiz» degan nomni
Tamg`a qilib olmagin.
Kattalar aytganin qil,
«Labbay!» desang qanday soz!
Insonlarga har doim
«Ho`p bo`ladi!», de, shovvoz!
Senga tanbeh berishsa,
Berkit bitta quloqni.
Undan kirib, bundan chiqsa
Yeysan achchiq tayoqni!
Qulog`ing «engil» bo`lsin...
Kichik kosmonavtga
Olam qiziq, rango-rang,
Murg`ak aqling lol, hayron.
Moviy osmon ostida
Orzularing bir jahon.
Nigohing hayrat bilan
Yulduzlarni teradi.
Oy, Quyosh shu'la sochib
Tushlaringga kiradi.
Deydi: kaftingda dunyo
Seniki somon yo`li.
G`avvos bo`lib ilm ter,
Osmon - orzular ko`li.
Ota-onang duosin
Olib ishga kirishgin.
Mahkam shimar engingni,
So`ng ishlaring yurishsin.
Nigohing chaqnab turar,
Ko`zingda shijoat bor.
Maqsadni dadil qo`ygin,
Tur, o`g`lon, bog`chaga bor!