Diqqat, shoshilinch xabar!
Yordam kutar tabiat.
Qilmishlarimiz uchun
Azob yutar tabiat.
Payhon bo`ldi gulzorlar,
Ham kesdik o`rmonlarni.
Anhor to`la chiqindi,
Chang qildik osmonlarni.
G`uborga to`ldi dunyo,
Jon bermoqda ona er.
Turgin, kichik qahramon,
Tabiatga yordam ber!
Tozalab yon-atrofni,
Befarqlikdan doim qo`rq.
Qo`lingda Yer taqdiri,
Kattalardan umid yo`q...
Barmoqlar
Besh og`ayni pahlavon,
Ikki qo`limda chaqqon.
Men xohlasam bo`lgani,
Tog`ni qilishar talqon.
Bosh barmoq «zo`r!» deyotir,
Jimjiloq - kenja botir!
Garchi kichik bo`lsa ham
Ko`p narsalarga qodir!
Ko`rsatkich barmoqda ham,
Vazifa bor bir olam.
O`rtancha, nomsiz barmoq,
Bir butundir, do`st-inoq.
Biz bilan bitar har ish,
Biz bormizki, yo`q tashvish.
Musht bo`lsak zarbimiz bor,
Shod bo`lsak, sizga olqish!
Abdulaziz Ahmad