Bahorhaqidashe'rlar
* * *
O`tib ketdi qishning sovuq,
Ham bo`ronli kunlari.
Ortda qoldi oy, yulduzsiz,
Tim qorong`i tunlari.
Endi quyosh ko`proq boqar,
Dalalarga, bog`larga.
Quchoq-quchoq yog`du sochar,
Adirlarga, tog`larga.
Bezanishar dala-qirlar,
Chechak taqar o`tloqlar.
Bahor yaqin, bahor yaqin!
Bahor yaqin, o`rtoqlar.
Ko`nglim yana tog`day o`sar,
Ko`rkam bahor kelganda.
Quvongayman dasta-dasta
Gul-chechaklar terganda…
Zafar Diyor
* * *
Keldi bahor, gul bahor
Erib bitdi oppoq qor.
Uchib keldi qushlarjon,
Daraxtlar taqdi marjon.
Suvlar oqar shildirab,
Yulduz boqar miltirab,
Chumolilar yayrashar,
Sho`x bulbullar sayrashar.
Endi ilk sof navbahor,
Chunki bizda gulbahor.
Bog`da qizil lolalar
Terib oling, bolalar.
Tog` bag`rida qo`zilar,
Ma'rab o`tga cho`zilar.
Tolbargak taqib qizlar
Chuchmomalarni izlar.
Quyosh nurlarin sochdi,
Atirgul g`uncha ochdi.
Yuring chiqaylik, bog`lar
Bizni kutar o`rtoqlar.
Shukur Sa'dulla