Oyoq
Men etgan joy birmuncha,
Yetmagani qancha bor.
Harakatdan to`xtama,
Yurganlarga Hudo yor.
O`tirgan bo`yra, derlar,
Bo`lma yalqov, dangasa.
Charchasam ham, yuraver,
Qoning yurishar rosa!
Faqat aql bilan yur,
Meni xunob etmagin.
Oying chizgan chiziqdan
Chetga chiqib ketmagin.
Oyoqlaring baquvvat,
Bo`lsa chaqqon va ildam.
Senga turli kasallik
Yaqinlasholmas hech ham!
Sayyoralarni o`rganamiz
Koinot misli dengiz,
Bu dunyoning yuragi.
Sayyoralar kemadek
Unda suzib yuradi.
Ana ulkan Merkuriy,
Eng bahaybat sayyora.
Undan keyin Venera.
U ham ko`kda ovora.
Faqat Yer sayyorasi
Yashash uchun «yaroqli».
Jonajon zaminimiz
Hamma uchun ardoqli.
Uyalchang Mars har doim,
Qizarib yurgan kuni.
Balki Yupiter bilmay
Ranjitib qo`ygan uni.
Belbog`ini ko`tarib
Saturn uchib yurgan.
Bir chetda xayol surib
Yonboshlab yotar Uran.
Neptun koinotdagi
Eng donishmand, eng zukko.
Plutonchi, mittivoy,
Misoli «Matiz», «Tiko».
Osmon ilmi qiziqdir,
Uni o`rganing, albat.
Kelajakda hammangiz
Bo`ling eng zo`r kosmonavt!
AbdulazizAhmedov