x

Kasalxonaga avtomobil halokatiga uchragan qizaloqni olib kelishdi. Unga qon quyish kerak edi. Baxtga qarshi, uning qoni kamyob qon guruhiga mansub ekan. Ko`p o`tmay shifoxonaga qizaloqning ota-onasi va egizak akasi etib keldi. Hayriyat, egizak akasining qoni unga tushar ekan.

– Bu hayot-mamot masalasi, o`g`lim. Singlingni qutqarish uchun qon berishing kerak, – deb tushuntirdi do`xtir.

Bolakay bir lahza o`ylanib turdi-da, ota-onasining oldiga chopib ketdi. Ularga nimalardir dedi, xayrlashdi, chog`i. So`ng shifokor huzuriga yo`l oldi.

Qon olib bo`lingach, do`xtir unga: – Endi biroz yotib, dam olishing kerak. Bo`lmasa boshing aylanishi mumkin, – dedi.

Bu gapdan bola negadir hayratga tushdi. Munchoq ko`zlarini shifokorga tikib:

– Qanday qilib?! Men o`lmaymanmi? – deb so`radi.

U qon berishga rozi bo`lgan payti “men o`lsam, singlim tirik qoladi” degan xayolga borgan ekan. Ulkan yurakli bu bolakay singlisi uchun jon berishga chindan ham tayyor edi...

Orif Tolib tayyorladi

To Top ↑
To Top ↑