Soat tongi 03:30 edi. Uning telefoni jiringlay boshladi. Yostiqdan ming mashaqqat bilan boshini ko`tarib, qo`ng`iroqqa javob berdi:
— Eshitaman! Kimsiz?
— Menman, o`g`lim. Onangman!
— Uff, ona, Hudo xayringizni bersin! Koshki bilsangiz edi, ertaga qiladigan qanchalik muhim ishlarim bor.
— Haligi… O`g`lim…
— Nima, ona, nima. Meni shu paytda uyg`otadigan nima muhim ishingiz bor? Ertalab qo`ng`iroq qilsangiz ham bo`laverardi-ku?
Ona o`g`lidan bu sovuq muomalani eshitib qattiq ranjidi, o`ksindi. Yig`lamsiragan bir ovozda javob berib telefonni o`chirdi:
— Bundan roppa-rosa o`ttiz besh yil avval shunday tun yarmida 03:30 da sen ham meni uyg`otgan eding!
Yaxshiyamki, tug`ilgan ekansan, bolam! Seni yaxshi ko`raman!
TurktilidanFatimaAliytarjimasi