Yulyani maktabga berishmoqchi bo`lishdi. Qizaloq o`qishni boshlashi mumkinligini tekshirish uchun u test topshirishi kerak edi.
— Oddiy narsalardan boshlaymiz, — dedi ruhshunos va vazadagi mumdan yasalgan mevalarni olib stol ustiga qo`ydi, — Olma, nok, apel'sin, shaftoli. Bir so`z bilan ular nima deb ataladi?
Yulya gapirmay ko`zlarini erga tikdi.
— Davom etamiz. Mana bodring, pomidor, rediska, kartoshka va piyoz. Ular bir so`z bilan nima deyiladi?
Yulya lablarini tishladi.
— Qulupnay, malina, gilos… Ular qanday nomlanadi?
— Yodimdan chiqdi, — pichirladi qizaloq, ko`z yoshlarini zo`rg`a tiyib,
— Hali maktabga borishga erta, — dedi ruhshunos Yulyaning onasiga, — Bir yilcha kuting, shug`ullaning. U oddiy narsalarni ham bilmaydi.
Ona qiziga ajablanib qaradi:
— Yulinka, shularni bir so`z bilan aytilishini nahotki bilmasang?
— Esladim, oyijon! — chehrasi ochildi qizaloqning. — Nusxa. Meva va sabzavotlarning mumdan yasalgan nusxalari.
RustilidanHurshidNurullayevtarjimasi