Ayol yoʻlda ketayotib, yerga nimalarnidir chizayotgan bir bolaga koʻzi tushib:
— Hoy bola, nima qilyapsan? — dedi
— Jannatni boʻlaklab sotyapman.
Bolaning bu javobi ayolni xursand qildi.
— Menga ham sotasanmi?
— Ha, sotaman.
— Necha pul turadi?
— 20 lira.
Ayol bolaga pulni berib, oʻsha kuni uxlab tush koʻribdi, tushida ayol jannatda yurganmish. Ertasi kun koʻrgan tushini eriga aytib beribdi, eri shoshilgancha oʻsha bolaning oldiga borib, xuddi ayoli kabi savol soʻrabdi.
— Hoy bola, nima qilyapsan?
— Jannatni boʻlib sotyapman.
— Menga ham sotasanmi?
— Ha, sotaman.
— Necha pul turadi?
— 1 000 000 lira.
— Nimalar deyapsan, kechagina ayolimga 20 liraga sotding-ku?
— Amaki, ayolingiz jannatni olish uchun emas, koʻnglimni olish uchun 20 lira berdilar, siz esa jannatni olish uchun beryapsiz.
Jannatga erishish shunchalik oson, shunchalik qiyin, jannat na arzon, na qimmat... Jannatni olmoq uchun ezilgan, qiynalgan, zulm ostidagi insonlarning koʻnglini olmoqlik kerak.