x

Zumrad har gal sinfdoshlarining turli xil smartfonlarini ko`rsa, havasi keladi. Biri quloqchinda musiqa eshitadi, biri turli hil rasmlarga tushib, ularni barmoqlari bilan sezgir ekrandan birma-bir o`tkazib ko`radi. Turli xil videolarniku aytmasa ham bo`ladi. Butun sinf tanaffus bo`lishi bilan gavjum bo`lib, bir-birinikiga SHAREit orqali turli xil programma, o`yin, rasm va videolarni yuklab olishga shoshiladi. “Bo`ldi, shuncha sabr qilganim yetadi, – o`yladi ichida Zumrad,– bugunoq borib, dadamga yangi zamonaviy telefon oldiraman.”

Zumrad uyga borsa har galgidek hech kim yo`q. Oyisi kelishiga hali ikki soat vaqt bor. Zumrad yugurib, yelib uyni tozaladi. Ukasini bog`chadan olib keldi. Uning  kiyimlarini yuvdi. Pollarni artib, ovqat pishirdi. Oyisi bilan dadasi kelishiga hammayoqni chinni-chiroqdek qilib, mazali ovqat bilan kutib oldi. Oyisi bilan dadasi kirib kelishi bilan Zumradoyni maqtab ketishdi. 
– O`zimning dastyor, chaqqon qizimdan, aylanay, barakalla, dedi dadasi.
– Qizingiz, endi o`ninchi sinf bo`ldi, dadasi, bu ishlarni qilishi tabiiy.

Butun oila  dasturxon atrofida kechki ovqatga yig`ilishdi.
– O`qishlaring yaxshimi, Zumrad. Tayyorlov kurslariga boryabsanmi?
– Ha, dadajon. Faqat bir muammo bor. Shuni hal qilib bering.
– Iya, qanaqa muammo ekan? Sen  faqat o`qigin boshqa narsaga hayolingni chalg`itma. 
– To`g`ri, dada. Men ham shuni aytyabmanda. Tayyorlov kursidagi o`qituvchilarmiz o`qishga juda ko`p kitob berishadi. Shunga menga smartfon olib bering. Guruhimizdagi hamma bolalarni  shunaqa telefoni bor. O`qituvchimiz guruhda  telegram ochgan. Unda faqat men yo`qman.
– Bekorlarni aytibsan, – gapga aralashdi Oyisi, – biz ham o`qishga tayyorlanganmiz. Hech qanaqa  telefon-pelefon bo`lmagan. Kerakli mavzularni kitobdan o`qi. Telefon faqat chalg`itadi. 
– Oyi, siz bilmaysizda. Hozir hamma narsa zamonaviy bo`lib ketgan.
– Mayli, oyisi, qo`yaver. Agar shu telefon orqali o`qishga  tayyorlanishi oson bo`lsa, olib berganim bo`lsin. Ertaga telefon sotiladigan do`konlarni aylanamiz.
– Yeees! – Zumrad xursand bo`lganidan o`rnidan turib, dadasini quchoqlab oldi.

Zumrad yakshanba kuni  dadasi bilan telefon do`konlarini aylanib, eng  so`nggi modeldagi telefon sotib olishdi. Zumradni quvonchi ichigi sig`masdi. U yangi sim karta olib, telefonga joylashtirdi. Zumrad uyiga kelib, tonggacha telefondan ko`zini uzmadi. Internetga kirib, goh rasm yuklab olar, goh musiqa eshitardi. Ertalab uyg`onsa, allaqachon tong yorishib, quyosh chiqib ketgan ekan. “Voy, uxlab qolibmanku”, – dedi ko`zlarini ishqalagancha. Keyin apil-tapil kiyindida, maktabga shoshildi. Oshxonaga kirganda stol ustida  oyisi yozib ketgan maktubga ko`zi tushdi.

“Zumrad qizim, biz erta tongdan ishga ketishimizga to`g`ri keldi. Seni uyg`otmadik. Bugun uyga yaqin dugonalarim mehmonga kelishadi. Darsdan kelib, hammayoqni yig`ishtirib, senga o`rgatgan salatimni tayyorlab qo`y.”

Zumrad shoshib maktabga bordi. Afsuski, allaqachon darslar boshlangan ekan. Ustozidan kechirim so`rab, darslarga qatnashdi. Biroq hayoli telefonida bo`lganidan miyasiga hech narsa kirmadi. Tanaffus bo`lishi bilan hamma o`rtoqlari uni o`rab olishdi. Biri qo`yib, biri uni telefonini maqtay ketishdi. Zumrad o`rtoqlaridan juda ko`p o`yinlar, video va musiqalar yuklab oldi. Qo`shimcha darsda ustozidan ikki marta dakki eshitishiga qaramasdan, yashirincha o`yinlardan birini o`ynab o`tirdi. Uyga shom bo`lganda kirib keldi. Har galgidek oyisi kech keladi. Betartib uyini yig`ishtirishga kirishmoqchi edi. “Kel shundoq, internetga bir kirmanda keyin yig`ishtiraman”, o`yladi ichida. Keyin Instagram, Facebook, YouTube'dagi bir-biridan qiziqarli olam uni ohangraboday o`ziga tortib ketdi. Zumrad bu olamdan hech qayyoqa chiqishni hayoliga ham keltirmasdi. Uning hayolini faqatgina qayta-qayta bosilgan eshik qo`ng`irog`i chalg`itib yubordi. U bir pas telefondan nigohini olib, uyga qaradi. “Ey, Xudo! Hali hech narsa qilmadimku. Uyning besaromjonligini”. Zumrad apil-tapil uyni yig`ishtirar ekan, qo`ng`iroq qayta-qayta bosilgach eshikni ochdi.

– Ha, qizim senga nima bo`ldi? Bu qanaqasi? Ukangni bog`chadan olmabsan. Bog`cha opasi telefon qildi. Bir o`zi yig`lab o`tirgan ekan. Seni yangi nomeringni ham olmagan ekanman. Nega buncha eshikni ochishing qiyin bo`ldi, deya eshik oldida yig`layverib ko`zlari shishib ketgan ukasi, oyisi, mehmonlar turardi. Ular uyga kirgach Zumrad sholg`omdek qizarib ketdi. Chunki u oyisini ertalab tayinlagan gaplarini esidan chiqargan va ularni birortasini ham bajarmagan edi. Oyisi gap nimadaligini sezdi va qiziga bir og`iz ham gapirmasdan hamma ishlarni o`zi qildi. Zumrad vijdon azobida qiynaldi.  Kech kirgach hamma mehmonlar tarqalgach. Zumrad oyisini oldiga bordi.
– Oyi, meni kechiring. Sizni ham ustozlarimni ham, ukamni ham  xafa qilib qo`ydim. Endi bunaqa hoyu-havaslarga uchmayman.  Zumrad shunday deya telefonini oyisiga berdi. 
– Qizim, bu oddiy telefon. Bu matoh hech qachon insonni boshqarishiga yo`l qo`ymasliging kerak. Agar undan to`g`ri foydalana olsang, u seni do`stingga aylanadi. Agar uni domiga tushib, vaqtingni undagi bo`lar-bo`lmas narsalarga sarf qilsang, u sening eng katta dushmaning bo`ladi. Shuni to`g`ri tushunginda, hech qachon uni qo`liga aylanib qolma. Bu telefonni o`zingga olib qol va undan to`g`ri foydalan. Seni chalg`itayotganini sezgan zahoting telefonga qaraginda “Hoy telefon meni hayolimni bo`lma. Agar menga zarar keltirsang, sendan voz kechaman”, deb ayt. Va buni yengishda o`zingda iroda topa ol. Xo`pmi, qizim?

Zumrad oyisini quchoqlab oldi. Endi  u telefondan to`g`ri maqsadda foydalanishni o`rgandi.

Lobar Hayrullayeva

 

To Top ↑
To Top ↑