x

Abu Ammar

Bog‘dagi o‘rindiqda o‘tirgan Saidning yoniga bir kishi kelib qo‘shildi. 
– Anavi mening o‘g‘lim bo‘ladi, – dedi yangi kelgan erkak bir oz suhbatlashish maqsadida sherigiga qarab.
– Yaxshi bolakay ekan, – dedi Said ham unga javoban. – Anavi oq ko‘ylakda velosiped uchayotgan qizcha esa meniki. 

U shunday deb soatiga qaradi-da, qizini chaqirdi. 
– Maryam, ketamizmi, nima deysan?

Qizaloq otasining yoniga yugurib keldi va bola tilida chug‘urladi:
– Yana bir daqiqa o‘ynay, dadajon! Besh daqiqagina...

Said unga ruxsat berdi. Maryam quvongancha maydoncha tomon yugurib ketdi. Oradan besh daqiqacha o‘tgandan so‘ng ota qizini yana chaqirdi:
– Aytgan vaqting o‘tib ketdi, qizim. Ketamizmi endi?

Maryam yana otasiga yalindi:
– Yana besh daqiqa o‘ynay qolay, dada. Keyin ketamiz, xo‘p...

Said jilmaydi:
– Mayli, qizim. 

Saidning yoniga o‘tirgan erkak unga so‘z qotdi:
– Juda yumshoqko‘ngil ota ekansiz. Lekin bolalarga qattiqqo‘lroq bo‘lish kerak-da. Yo‘qsa, aytganingizni qilmay qo‘yishadi...

Said kuldi va so‘zlay boshladi:
– Maryamning akasi Arofatni aynan shu yerda velosiped uchayotgan paytda bir mast haydovchi urib yuborgan. O‘shanda men uning yonida emasdim. U bilan birga vaqt o‘tkazishni bekorchi ish deb hisoblar edim. Afsuski, bir zumda taqdir uni oramizdan olib ketdi. U bilan hech bo‘lmasa, besh daqiqagina birga bo‘lolganimda edi, degan azob meni tinch qo‘ymaydi. Xatoyimni qizim bilan tuzatayapman. U mendan atigi besh daqiqa so‘rayapti, aslida esa men so‘rashim kerak undan. U qancha demasin, shuncha vaqtimni qizim bilan o‘tkazimga tayyorman. Toki, keyin afsuslanib qolmay...

Nodirabegim tarjimasi

To Top ↑
To Top ↑