Jigarbandim Abduvalijon xotirasiga
Kuz
Kuz sokin va mayus,
Titrab toʻkar daraxtlar bargin
Xovlidao chugʻurlab oʻynar bolalar.
Lek bir bola oynadan qarab turar jim,
Uning qaro koʻzi kuz kabi mayus
Mayus nigohida bormidi ma' no
Uning ham soʻzlashga bormidi xaqqi
Yoʻq uning shuningdek turganligi i baxt.
Baxt bu baxt kim uchun zabonsiz,soʻzsiz ,
Bechora mana shu bola uchunmi
Tunlarni tonglarga bedor ulagan
Mushtipar ota yu ona uchunmi?
Baxt uning xokisor onasi uchun
Ikki koʻzin yonib tuganligi baxt
Ongsiz boʻlsa hamki tanachasida, yurakchasin urib turganligi Baxt!
Bahor
Kezib anhor boʻyida
Koʻzim tushdi oqlikka
Goʻyo oʻqqa oʻralgan
Nafis begʻuborlikka
Novdalarda oppoq gul,
Boqib koʻzim toʻymaydi.
Yurtimda yana bahor,
Bahor sira oʻlmaydi.
Qir adirlardan oshib,
Yurtimga boʻy taratar.
Bahor asli goʻzallik,
Xalqimga rizq ulashar.
Bobodexqon oxista ,
Dalalaga yoʻl oladi.
Bahor uning poyiga,
Guldan gilam soladi.
Oh! Bunchalar latofat,
Ayting doʻstlar qayda bor .
Suluv kelinchak misol,
Yurtimda kezar Bahor!
Malohatxon Xojiakbarova,
Andijon viloyati Boʻston tumani 21-maktab tarix fani oʻqituvchisi.