x

HISSANGIZ

- Oyi, oyi bugun-chi,
Topib oldim qarang pul.
- Topib olgan bo`lsang gar,
Qani menga qarab kul.
- Oyi, uni topishda
Bordir sizning hissangiz.
Topib olgan joyim-chi,
Bo`lar sizning kissangiz

QISQA JAVOB
- Isming nima?
- Sherali.
- Tiling buncha 
Shirali?
- Ko`p bo`lmadi,
Bo`ldi sal.
Yegan edim
Men asal.
Shundandir
Tilim shirin. 
Aytib qo`ydim- a,
Sirim.

NEGA UZUN?
Alisherjon o`rtog`i
Otabekdan so`radi:
- Do`stim, quyon qulog`i
Nega uzun bo`ladi?
- Bilmaysanmi, shuni ham,
Buni ko`plar topishgan.
Kovlayvergach erlarni
Qulog`idan tortishgan.

Ro`zimurod BOLQIYeV,
Jizzax viloyati Mirzacho`l tumanidagi 10-umumta'lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi

To Top ↑
To Top ↑