Shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi o`zgarganda uning kollej, litsey, texnikum va oliy ta'lim muassasalarida olgan diplomlari dublikati beriladi.
Diplom dublikatini olish uchun davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ariza beriladi.
Mazkur xizmatni ko`rsatish uchun BHMning 1 baravari (330 ming so`m) miqdorda to`lov undiriladi.
Dublikat asl hujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega bo`ladi.