x

1. Bola puli olish uchun ariza namunasi xudud MFYda to`ldirib beriladi va ushbu to`ldirilgan ma'lumotnoma, pensiya jamg`armasiga yuborilishi;

2. Yolg`iz ona bo`lsa, daromadlar to`g`risida ma'lumot so`ralmasligi, yolg`iz ona deganda boquvchisi yo`q, nikoxi qonuniy bekor qilingan ayollar tushuniladi.

3. Oilada 3 yoshga to`lmagan bola bo`lsa, onasidan ish xaqqi to`g`risida ma'lumotnoma so`ralmasligi, biroq turmush o`rtog`ining ish xaqqi yoki o`zini-o`zi band qilinganligi xaqidagi ma'lumotnomasi bo`lishi kerakligi;

4. Oila kam ta'minlangan oila bo`lishi, oilani xar bir a'zosiga to`g`ri keladigan daromadi 498 ming so`mdan oshmasligi;

5. Oilada turmush o`rtog`i chet davlatda ishlayotgan bo`lsa, uning daromadi 1.960.000 so`m deb xisoblanishi, o`zini-o`zi band qilgan fuqaroni daromadi ham, xuddi shu miqdorda xisoblanishi;

6. Oiladagi farzandlar 3 yoshdan oshgan bo`lsa va ushbu oila to`liq oila bo`lsa, er xotindan ish xaqqi to`g`risida ma'lumotnomasi bo`lishi kerakligi talab qilinishi;

7. Bola puli yuzasidan MFYga berilgan ariza, pensiya jamg`armasiga yo`llangach, 1 oy ichida avtomatik tarzda, daromad va boshqa xolatlari aniqlanishi, bunda inson omili aralashmasdan, kompyuter baza orqali aniqlagan ma'lumotlar asosida tayinlanishi yoki rad qilinishi;

8. O`zini-o`zi band qilgan fuqarolar, band qilinganligi, ro`yxatga olinganligi aniq bo`lgach, bola puliga ariza berishlari kerakligiga, bunda daromadi 1.960.000 so`m deb xisoblanishiga, e'tiborlarini oila a'zosiga tushadigan daromad 498 ming so`mdan oshib ketmasligiga rioya qilishlari;

9. Oilani daromadiga, 7 yil to`lmagan transport vositasi, nomida ikkita uy, yoki qo`shimcha bino bo`lishi, qo`shimcha er maydoni va tomorqalar, sonidan kelib chiqib, qora mol sigir va qo`y echkilar ham oila daromadi xisobiga olinishini inobatga olishlari kerak.

 

 

To Top ↑
To Top ↑