x

Kuni kecha prezident Shavkat Mirziyoev raisligida xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash tizimini yangi bosqichga ko`tarish va ayollarning jamiyatdagi o`rnini yanada yuksaltirish va mustahkamlashga qaratilgan muhim chora-tadbirlar yuzasidan videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tdi. Yig`ilishda shuningdek, xotin-qizlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, oilaviy zo`ravonlikning oldini olish, gender tenglikni qaror toptirish kabi masalalar bo`yicha ham so`z bordi.

Hususan, yig`ilishda ehtiyojmand yolg`iz ayollar farzandlari uchun davlat bog`chalari to`lovlari byudjetdan qoplab berilishi e'lon qilindi.

Bundan tashqari yirik ishlab chiqarish korxonalari, to`qimachilik klasterlari va kechki smenada aksariyat ayollar ishlaydigan korxonalar bog`cha tashkil qilganda, ulardagi tarbiyachilarning ish haqi davlat tomonidan to`lab beriladi.

To Top ↑
To Top ↑