x

Oilalarda bolaga qarab turish va ularni parvarish qilish xizmati (enagalik) o`zini o`zi band qiladigan shaxslar shug`ullandigan faoliyat turi hisoblanadi.

Mazkur shaxslar soliq organlarida o`zini o`zi band qilgan shaxs sifatida ro`yxatdan o`tishlari lozim.

Ro`yxatdan o`tish soliq organlarining mobil ilovasi, elektron platformasi yoki my.gov.uz orqali, shuningdek soliq organiga kelgan holda amalga oshiriladi.

Ro`yxatdan o`tgan shaxsga QR-kodli ma'lumotnoma beriladi.

O`zini o`zi band qilgan shaxslar daromad solig`i to`lamaydi.

Mazkur shaxslar ishlagan davrini ish staji sifatida hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda BHMning 1 baravari miqdorida (330 ming so`m) ijtimoiy soliq to`laydi.

Shuningdek, enaga sifatida 16 yoshdan shug`ullanish mumkinligi belgilangan.

To Top ↑
To Top ↑