x

Cavol:

2020 yilda maktabda ishga kirganman. 2022 yil sentyabrda boshqa tumanga ishga o`tganman lekin menga 75% dekret puli hisoblashibdi, 7 oy ishladi deb. Shu to`g`rimi?

Javob:

Sizga 75 foiz to`lanadi.

O`zbekiston Respublikasi Prezindentining PQ 2699-sonli qaroriga 05.04.2018 yilda PF – 5398 sonli farmon asosida kiritilgan o`zgarishga ko`ra:

— ayol xodimning ishga qabul qilingan kunidan boshlab 12 oygacha-homiladorlik va tug`ish ta'tilida bo`lgan vaqt uchun o`rtacha oylik ish haqining 75 foizi;

— ishga qabul qilingan kundan boshlab 12 oydan ortiq vaqt mobaynida-homiladorlik va tug`ish ta'tilida bo`lgan vaqt uchun o`rtacha oylik ish haqining 100 foizi.

E'tibor bergan bo`lsangiz, “ayol xodim ishga qabul qilingan kundan boshlab 12 oygacha” jumlasi qo`llanilgan. Mana shu jumla ayol xodimning umumiy ish stajini emas, aksincha o`sha tashkilotga ishga kirgan vaqtidan boshlab homiladorlik va tug`ish ta'tili uchun ish staji ketishini anglatmoqda.

Hulosa qiladigan bo`lsak, sizning ishga kirganingizga 12 oy bo`lmaganligi uchun sizga o`rtacha ish haqining 75 foizi miqodirida dekret puli beriladi.

Shuningdek, agar dekret 1-maydan keyin hisoblangan bo`lsa, unda ish stajingizning ahamiyati yo`q bo`ladi. Chunki yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 404-moddasiga ko`ra o`rtacha oylik ish haqining 75 foizidan kam bo`lmagan miqdorda nafaqa to`lanadi.

 

 

To Top ↑
To Top ↑