— 3 yoshgacha bolasi bor ayol yoxud 3 yoshgacha bo`lgan bolani yolg`iz tarbiyalayotgan ota (vasiy) bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko`ra quyidagi asoslar bo`yicha bekor qilishga yo`l qo`yiladi:
— tashkilot (uning alohida bo`linmasi) o`z muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta'sis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qarori bilan tugatilganligi yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyatning tugatilganligi;
— xodimning o`z mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzganligi;
— xodimning o`z mehnat majburiyatlarini bir marta qo`pol ravishda buzganligi.