x

Har yilgi asosiy eng kam mehnat ta'tilining davomiyligi 21 kalendar' kunni tashkil etadi.

Quyidagilarga yoshi va sog`lig`ining holati hisobga olingan holda har yilgi asosiy uzaytirilgan ta'til beriladi:

18 yoshgacha bo`lgan shaxslarga – 30 kalendar' kun;

I va II guruh nogironligi bo`lgan xodimlarga – 30 kalendar' kun.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlariga davomiyligi 27 kalendar' kun bo`lgan har yilgi asosiy uzaytirilgan ta'til beriladi.

Bundan davlat xodimlarining ayrim toifalari uchun qonunda har yilgi asosiy uzaytirilgan ta'tilning uzoqroq davomiyligi belgilangan hollar mustasno.

Har yilgi asosiy uzaytirilgan ta'tillar ayrim toifadagi xodimlar uchun ham ular mehnat vazifalarining o`ziga xos jihatlari va xususiyatlariga hamda boshqa holatlarga qarab belgilanadi. Bunday ta'tillar olish huquqiga ega bo`lgan xodimlarning ro`yxati va ushbu ta'tillarning davomiyligi qonunchilikda belgilanadi.

Qonunchilikda belgilanganidan tashqari, har yilgi asosiy uzaytirilgan ta'tillar berish, shuningdek har yilgi asosiy uzaytirilgan ta'tilning davomiyligini uning qonunchilik bilan kafolatlangan davomiyligiga nisbatan ko`paytirish jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilishi mumkin.

 

To Top ↑
To Top ↑