2021 yil 7 dekabrda qabul qilingan “Bola huquqlarining kafolatlarini ta'minlash tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi 735-sonli qonuni qabul qilingan.
Mazkur qonunga kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra, 13 yoshga to`lgan shaxslarning jinoiy javobgarlikka tortilishi bekor qilingan.
Avvalgi qonunchilikka ko`ra, 13 yoshga to`lgan shaxslar javobgarlikni og`irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o`ldirganliklari uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Shunga ko`ra, jinoiy javobgarlikka tortish 14 yoshdan boshlanadi.
16 yoshga to`lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish moddiy qimmatliklar berish yoxud mulkiy manfaatdor etish orqali sodir etilganda og`irlashtiruvchi holat sifatida belgilandi.
Voyaga etmagan guvoh yoki jabrlanuvchini so`roq qilishda pedagog bilan bir qatorda psixolog ham qatnashishi belgilangan.