x

Oilalarda bolaga qarab turish va ularni parvarish qilish xizmati (enagalik) o`zini o`zi band qiladigan shaxslar shug`ullandigan faoliyat turi hisoblanadi.

 

Mazkur shaxslar soliq organlarida o`zini o`zi band qilgan shaxs sifatida ro`yxatdan o`tishlari lozim.

 

Ro`yxatdan o`tish soliq organlarining mobil ilovasi, elektron platformasi yoki my.gov.uz orqali, shuningdek soliq organiga kelgan holda amalga oshiriladi.

 

Ro`yxatdan o`tgan shaxsga QR-kodli ma'lumotnoma beriladi.

O`zini o`zi band qilgan shaxslar daromad solig`i to`lamaydi.

 

Mazkur shaxslar ishlagan davrini ish staji sifatida hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda BHMning 1 baravari miqdorida (300 ming so`m) ijtimoiy soliq to`laydi.

 

Shuningdek, yangi Mehnat kodeksiga ko`ra enaga sifatida 16 yoshdan shug`ullanish mumkinligi belgilangan. 

 

To Top ↑
To Top ↑