Hukumat qarori bilan (119-son, 23.03.2023 y.) “Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo`lgan ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash va to`lash tartibi to`g`risida nizom” tasdiqlandi.
Nizom bilan quyidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslarga nafaqalarni tayinlash tartiblari belgilandi:
▫️nogironligi bo`lgan 18 yoshgacha bolalarga;
▫️o`zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo`lgan 18 yoshgacha bolaning parvarishi bilan band bo`lgan qonuniy vakilga;
▫️davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo`lmagan I va II guruh nogironligi bo`lgan shaxslarga;
▫️davlat pensiyasini olish huquqiga ega bo`lmagan vafot etgan shaxsning qaramog`idagi oilaning mehnatga layoqatsiz a'zolariga;
▫️davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo`lmagan keksa yoshdagi shaxslar hamda bolalikdan nogironligi bo`lgan farzandi bor (bo`lgan) onalarga.
Shunga ko`ra, quyidagi nafaqalar tayinlanadi:
nogironligi bo`lgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqasi;
parvarishlash nafaqasi;
nogironlik nafaqasi;
boquvchisini yo`qotganlik nafaqasi;
yoshga doir nafaqa.
Nogironligi bo`lgan 18 yoshgacha bolalarga nafaqa hamda parvarishlash nafaqasi Pensiya jamg`armasi tomonidan “proaktiv shakl”da tayinlanadi.
Nogironlik, boquvchisini yo`qotganlik va yoshga doir nafaqalar tayinlanishi uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDHP (my.gov.uz) orqali murojaat qilinadi.
DHM ma'lumot olingandan so`ng 5 daqiqa ichida:
nafaqa tayinlangan taqdirda, nafaqani qachon va qayerdan olish to`g`risida murojaat qiluvchini xabardor qiladi.
Nafaqalar nafaqa oluvchining xohishiga ko`ra nafaqani etkazib berish (topshirish) vakolati yuklangan tashkilot yoki fuqarolarning depozit hisobvaraqlariga pul o`tkazish yo`li bilan bank filiali orqali to`lanadi.
Nafaqalar har oyda belgilangan muddatlarda, biroq joriy to`lov oyidan kechikmay to`lanadi.
Nafaqa oluvchi O`zbekiston hududida doimiy yashash uchun boshqa tuman (shahar)ga ko`chganda, nafaqani to`lash yangi yashash joyi bo`yicha davom ettiriladi. Bunday holatda nafaqa to`lash avvalgi yashash joyi bo`yicha nafaqa to`lash to`xtatilgan vaqtdan boshlab davom ettiriladi.