Quyidagi shaxslarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi:
avtomobilning orqa o`rindig`idagi 12 yoshgacha bo`lgan bolalar;
o`quv-mashq transport vositasini o`quvchi boshqarayotgan vaqtda avtomototransportni yoki shahar elektr transportini boshqarishni o`rgatuvchi amaliy mashg`ulotlar instruktori;
homilador ayollar, salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemorlar (Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan kasalliklar ro`yxatiga muvofiq va ushbu kasalliklar bilan kasallanganligi bo`yicha tibbiy ma'lumotnoma mavjud bo`lganda);
xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko`k yoki qizil yoxud ko`k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo`yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport haydovchisi va yo`lovchilari.