Bolalarning quyidagi kontingenti bog`chaga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega:
I va II guruh nogironligi bo`lgan shaxslarning bolalari;
ko`p bolali oilalarning bolalari;
etim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
“Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg`iz ayollarning bolalari;
kontrakt bo`yicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;
talabalar va pedagoglarning bolalari;
akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo`lgan bolalar;
ko`p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga o`tkazilayotgan sog`aygan bolalar.