x

Meros qoldiruvchining bolalari, eri (xotini) va ota-onasi (farzandlikka oluvchilar) teng ulushlarda qonun bo`yicha birinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega.

Meros qoldiruvchining tug`ishgan hamda ona (ota) bir ota (ona) boshqa aka-ukalari va opa-singillari, shuningdek uning ham ota, ham ona tarafdan bobosi va buvisi teng ulushlarda qonun bo`yicha ikkinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega.

Meros qoldiruvchining tug`ishgan amakisi, tog`asi, ammasi va xolasi teng ulushlarda qonun bo`yicha uchinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega.

Qonun bo`yicha merosxo`r meros ochilgunga qadar o`lsa, unga tegishli ulush uning avlodlariga o`tadi.

To Top ↑
To Top ↑