O`zbekistonda 18 yoshga to`lmaganlar ishlashi taqiqlangan og`ir ishlar ro`yxati e'lon qilindi.
2022 yil 28 oktyabrdagi “O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to`g`risida”gi qonunga muvofiq ushbu ro`yxat tasdiqlanishi kutilmoqda.
Voyaga etmaganlar mehnatidan quyidagi ishlarda foydalanish taqiqlanadi:
• tog`, metro, tunnellar va maxsus er osti inshootlari qurilishida;
• geologiya qidiruv va topografiyageodeziya ishlarida;
• metallurgiya sanoatida;
• issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish va uzatishda (energetika xo`jaligi);
• quduq, neft' va gazni qazib olishda;
• neft', gaz, ko`mir, neft' moylari va surtmalarini ishlab chiqarishda, magistral' neft' quvurlari, gaz quvurlari va neft' bazalarida ishlashda;
• kimyoviy ishlab chiqarishda;
• neftkimyo sanoatida;
• mikrobioligik ishlab chiqarishda;
• dori-darmon, tibbiyot, bakteriy va biologik preparat va mahsulotlar ishlab chiqarishda;
• mashinasozlik va metallarni qayta ishlashda;
• uchuvchi apparat, dvigatel' va ularning jihozlarini ta'mirlashda;
• elektrotexnika sanoatida;
• radiotexnika va elektronlar ishlab chiqarish;
• qurilish materiallari sanoatida;
• keramik mahsulotlarni ishlab chiqarishda;
• farfor va fayans buyumlarini ishlab chiqarishda;
• shisha va shisha buyumlarini ishlab chiqarishda;
• qurilish, montaj va ta'mirlash-qurilish ishlarida;
• yog`ochni qayta ishlab chiqarishda;
• to`qimachilik sanoatda;
• engil sanoatda;
• oziq-ovqat sanoatida;
• poligrafiya ishlab chiqarishida;
• transport barcha turlarining umumiy kasblari;
• badiiy va zargarlik buyumlari, musiqa asboblari ishlab chiqarishda;
Sog`liqni saqlash muassasalarining shifokorlarning-mehnat ekspertizasi, veterinar muassasalar, meditsina, ilmiy tekshirish va o`quv muassasalari, bakteriya va virus preparatlari korxonalari va farmatsevtik fabrikalarida.