Davlat ijrochisi qarori asosida aliment to`lovchilarning xorijga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin. Alimentlar oldindan to`langan yoki bu bo`yicha garov shartnomasi tuzilgan bo`lsa xorijga chiqishga oid cheklov olib tashlanadi.
Alimentlarni oldindan to`lash 5 yildan kam bo`lmagan muddatga amalga oshirilishi kerak. Bolalar voyaga etgunigacha bo`lgan davr 5 yildan kam bo`lsa, alimentlarni oldindan to`lash qolgan davr uchun amalga oshiriladi.
Alimentni to`lashni garov bilan ta'minlash uchun ariza sudga taqdim qilinadi. Garov qiymati BHMning 250 baravaridan (67 mln 500 ming so`m) kam bo`lmasligi lozim. Har qanday mol-mulk (avtomobil, do`kon, uy-joy, kvartira) garov bo`lishi mumkin.