Yozning eng jazirama kunlari o`tib bormoqda. Ushbu kunlarda kimdir o`zini konditsioner tagiga otsa, boshqa kimdir turli cho`milish havzalariga boradi. Maxsus belgilab qo`yilgan va xavfsizlik qoidalariga mos tushadigan joy bo`lsa, xo`p-xo`p. Lekin ba'zida bolalar tugul kattalar ham belgilanmagan joylarda suzish va xavfsizlik qoidalariga amal qilmaslik oqibatida turli darajada jarohat olishi va hatto undan ham battar holat kuzatilishi mumkin. Shu sabab quyida aholining ommaviy dam olish joylarida dam olayotganda nimalar taqiqlanishini eslatib o`tamiz.
– suvda sho`ng`ish va cho`miluvchilarni ushlab olish bilan bog`liq o`yinlarni tashkil etish;
– sakrash uchun moslanmagan inshootlardan hamda chuqurligi va tubining holati noma'lum bo`lgan joylarda suvga sakrash;
– kuchuklar va boshqa hayvonlarni o`zi bilan olib kelish, cho`miltirish, sayr qildirish;
– voyaga etmaganlarni nazoratsiz qoldirish;
– 12 yoshgacha bo`lgan bolalarning ota-onalar nazoratisiz yakka tartibda cho`milishi;
– qonunga zid boshqaxatti-harakatlarni sodir etish.