x

Ota-onalar tomonidan to`lovlarni belgilangan miqdorda yoki belgilangan muddatdan keyin ikki hafta mobaynida uzrli sabablarsiz to`lamaslik bolaning bog`chada bo`lishini to`xtatish uchun asos bo`ladi. Ya'ni bunda maktabgacha ta'lim muassasalari bolani bog`chadan chetlashtirishi mumkin.

Bog`chaga amalga oshirilmagan to`lov 60 kun ichida to`lab berilganda, bolani tegishli bog`chaga tiklash majburiy tartibda amalga oshiriladi. Ya'ni ushbu muddat ichida o`tib ketgan muddat uchun to`lov amalga oshirilsa, bolani tegishli maktabgacha ta'lim muassasasiga qayta qabul qilish majburiydir.

Mazkur muddat o`tib ketgan taqdirda, bog`chaga bolani tiklash yangi qabul qilingan bolalar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Ma'lumotuchun: Bog`chalarda to`lovlar har oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan to`lanadi. Oyning 15-sanasidan keyin kelgan bolalar ta'minoti uchun to`lovlar esa, bola kelgan kundan boshlab 3 kun ichida to`lanadi. Bunda to`lovlar bolaning shu oyda bog`chaga qatnaydigan kunlarga mutanosib ravishda to`lanadi.

Bog`chalarda to`lovlar banklar (jamg`arma kassalar) orqali naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda (bank plastik kartochkalari orqali va pul o`tkazish yo`li bilan) to`lanadi. Bunda to`lovning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bog`chaga taqdim etiladi.

Eslatib o`tamiz, 2022 yil 1 apreldan boshlab boquvchisini yo`qotgan xotin-qizlarning farzandlari davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga to`lanadigan ota-onalar badalidan ozod qilinishi belgilangan.

Shuningdek, 3 yoshgacha bo`lgan farzandlari uchun nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga Davlat byudjetidan subsidiyalar belgilangan tartibda ajratiladi.

To Top ↑
To Top ↑