O`zbekiston Respublikasining Oila kodeksida erning nikohdan ajratish to`g`risida talab qo`yishini man etadigan hollar keltirilgan. Unga ko`ra, xotinining homiladorlik vaqtida va bola tug`ilganidan keyin bir yil mobaynida er xotinining roziligisiz nikohdan ajratish to`g`risida ish qo`zg`atishga haqli emas.
Eslatib o`tamiz, agar er-xotindan biri sud tomonidan bedarak yo`qolgan deb topilgan bo`lsa; sud tomonidan ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo`lsa; sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam bo`lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan bo`lsa, o`rtada voyaga etmagan bolalari borligidan qat'i nazar, er-xotindan birining arizasiga ko`ra ular fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohdan ajratiladi.
Agar bolalar haqida, er-xotinning birgalikdagi umumiy mol-mulkini bo`lish haqida yoki yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er (xotin)ga ta'minot berish uchun mablag` to`lash haqida nizo mavjud bo`lsa, ular nikohdan sud tartibida ajratiladi.