Yurtdoshlarimizning bola huquqlariga doir bilimlarini yuksaltirish maqsadida "Bolalar olami" internet nashri hamda "Istiqbolli avlod" Respublika ijtimoiy-axborot markazi o`rtasida hamkorlik aloqalari o`rnatildi. Unga ko`ra, saytimiz kuzatuvchilari tomonidan bola huqulari masalasida beriladigan savollar va bu boradagi muammolar bo`yicha "Istiqbolli avlod" ijtimoiy-axborot markazi mutaxassislari bepul konsul'tatsiya berishadi.
Ma'lumot uchun: 2001 yilda tashkil etilgan Respublika "Istiqbolli avlod" ijtimoiy axborot markazi bugungi kunda O`zbekistondagi odam savdosi va zo`ravonlikning boshqa turlariga qarshi kurashish sohasida etakchi nodavlat notijorat tashkilotlardan biri hisoblanadi. Dunyoning qator nufuzli tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlovchi ushbu axborot markazining "inson qadr-qimmati ustun bo`lgan dunyoni yaratmoqchi" ekanligi maqsadlarimiz o`zaro mushtarak ekanligini ko`rsatadi.