x

Oʻzbekiston Respublikasi mexnat kodeksining 405-moddasining 5-qismiga koʻra, Bolani parvarishlash taʼtillari davrida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlanadi. Bu taʼtillarning koʻpi bilan olti yili mehnat stajiga qoʻshiladi, shu jumladan mutaxassisligi boʻyicha ish stajiga ham qoʻshib hisoblanadi. Yaʼni xodim 3-marta 2 yillik tugʻish taʼtilini olgan boʻlsa, toʻrtinchi taʼtil muddati ish stajiga qoʻshilmaydi.

Shuningdek, Kodeksning ushbu moddasida homiladorlik va tugʻish taʼtili tugaganidan keyin, ayolning xohishiga koʻra, unga bolasi ikki yoshga toʻlguniga qadar bolani parvarishlash taʼtili berilib, bu davr uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda nafaqa toʻlanishi belgilab qoʻyilgan.

Ayolga uning xohishiga koʻra, bolasi uch yoshga toʻlguniga qadar uni parvarishlash uchun ish haqi saqlanmagan holda qoʻshimcha taʼtil ham beriladi.

To Top ↑
To Top ↑