2024-yil 1-fevralda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan "Pedagogning maqomi to'g'risida"gi 901-son Qonun imzolandi. Ushbu qonun bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimchalar kiritildi.
Endilikda pedagog xodimlar kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish bilan bog‘liq ishlar yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.
Shuningdek, pedagog kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida uning huquqini buzadigan davlat organlarining g‘ayriqonuniy qarorlari, mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan Ma’muriy sudga shikoyat qilganda davlat bojini to‘lamaydi.