x

Ota-onasi yo`q bo`lgan yoki ulardan ta'minot ololmaydigan voyaga etmagan nevaralariga ta'minot berish majburiyati etarli mablag`ga ega bo`lgan bobo va buvi zimmasiga yuklatilishi mumkin. Voyaga etgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj nevaralarning ota-onasi, eri yoki xotini (sobiq eri yoki xotini) va voyaga etgan mehnatga layoqatli bolalari bo`lmasa yoxud ulardan ta'minot uchun mablag` ololmasa, ularga nisbatan ham bu majburiyat bobo va buvining zimmasiga yuklatilishi mumkin.

Shuningdek, nevaralarning ham bobo va buvilariga ta'minot berish majburiyati ham mavjud.

Unga ko`ra, o`zlarining voyaga etgan bolalaridan yoxud eri yoki xotinidan (sobiq eri yoki xotinidan) ta'minot ololmaydigan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bobo va buviga ta'minot berish majburiyati etarli mablag`ga ega bo`lgan voyaga etgan mehnatga layoqatli nevaralar zimmasiga yuklatilishi mumkin.

Asos: O`zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi

To Top ↑
To Top ↑