x

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Yetim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga ko`ra, etim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarni uy-joy bilan ta'minlashning yangi tartibi o`rnatilgan.

 

Qarorga muvofiq, 2021 yil 15 avgustdan turar joyga ega bo`lmagan va turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan etim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarga ular 18 yoshga to`lgan yilda ko`p kvartirali uy-joylardan maydoni 25 kvadrat metrdan kam bo`lmagan 1 xonali, voyaga etgan etim bolalar o`rtasida nikoh tuzilgan hollarda, 50 kvadrat metrdan kam bo`lmagan 2 xonali kvartiralar ajratiladi. Bunda, mazkur toifaga kiruvchi nogironligi bo`lgan bolalarga kvartiralar ko`p qavatli uylarning uchinchi qavatigacha ajratilishi belgilangan.

Shuningdek, Prezident qarori bilan quyidagi o`zgarishlar ham nazarda tutiilgan:

– kvartiralar hokimliklar tomonidan ko`chmas mulkning birlamchi bozoridagi shahar va tumanlarda qurilgan ko`p kvartirali uy-joylardan xarid qilinadi;

– ko`chmas mulk birlamchi bozorida mezonlarga mos keladigan kvartiralar mavjud bo`lmaganda, hududiy “Halqparvar” komissiyalari xulosasiga asosan kvartiralar ko`chmas mulkning ikkilamchi bozoridan xarid qilinadi;

– uy-joylar bilan ta'minlash “onlayn-navbat” tizimi asosida amalga oshiriladi, bunda navbatga o`zgartirish kiritilishiga hamda navbatidan oldin keyingi navbatdagi bolalarga uy-joy ajratilishiga yo`l qo`yilmaydi.

 

Yetim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarga uy-joylar mulkka egalik qilish huquqi asosida ajratiladi. Biroq ularga 30 yoshga to`lguncha uy-joyni sotish, hadya qilish yoki garovga qo`yish yoxud ijaraga berish hamda uy-joyda o`zi va oila a'zolari (eri yoki xotini, farzandlari)dan tashqari boshqa fuqarolarni doimiy yashash joyi bo`yicha ro`yxatga olish huquqi berilmaydi.

Faqatgina etim bola yoki ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolaning asoslantirilgan murojaati asosida mahalliy hokimliklar tomonidan uy-joyning umumiy maydonini kengaytirish va tegishli talablarni saqlab qolish sharti bilan sotishga ruxsat beriladi.

To Top ↑
To Top ↑