x

Bogʻchada oʻquv yili har yili 2-sentyabrdan boshlanadi, keyingi yilning 1-iyunida tugallanadi va yangi oʻquv yili boshlangunga qadar sogʻlomlashtirish davri davom ettiriladi.

Bogʻchada har bir guruhdagi bola soni meʼyori kamida 20 nafar boʻlishi, biroq 25 nafardan ortiq boʻlmasligi lozim. Guruhlarni boshqa yoshdagi guruhdan oʻtgan bolalar bilan toʻldirish oʻquv yili oxiridan yangi oʻquv yiliga qadar (iyun, iyul, avgust oyida), yangi qabul qilinayotganlar bilan toʻldirilishi oʻrinlar boʻshashiga qarab amalga oshiriladi.

Qonunda ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari: bolalar, ularning qonuniy vakillari va pedagog xodimlarning huquq va majburiyatlari qayd etilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ijtimoiy himoyalash kafolatlanadi, ularni ovqatlantirishni tashkillashtirish va sog‘lig‘ini muhofaza qilish tartibi belgilandi. Pedagoglarning haftalik ish yuklamasi va mehnatiga haq to‘lash tartibi belgilandi. Davlat bolalar bog‘chalarining boshqaruv organlari: pedagoglar kengashi, kuzatuv kengashi va rahbarlarning vakolatlari tartibga solindi. Xususiy tashkilotni boshqarish tartibi uning ta’sis hujjatlarida ko‘rsatiladi.

Ta’lim xizmatlarini oluvchilar nuqtayi nazaridan, ta’lim va tarbiya jarayoni sifati ta’minlanishi muhimdir. Buning uchun, shu jumladan quyidagi davlat boshqaruvi dasturlari qo‘llaniladi:

  • maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat akkreditatsiyasi 5 yilda o‘tkaziladi, xususiy tashkilotlarning faoliyati litsenziyalanadi. Ikkala holatda ham tartib Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi esa vakolatli organ hisoblanadi;
  • barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun majburiy bo‘lgan davlat standarti qabul qilinadi va kamida 5 yilda 1-marta qayta ko‘rib chiqiladi, davlat ta’lim dasturlari tasdiqlanadi;
  • pedagogning kasbiy standarti Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi, pedagogning kasbiy standarti pedagogning shaxsiy sifatlariga nisbatan uning bilimlari, mahorati va ko‘nikmalaridan ajralmas bo‘lgan talablar qo‘yadi. Pedagog xodimlar 5 yilda kamida 1-marta attestatsiyadan o‘tkaziladi.

To Top ↑
To Top ↑