O‘zbekiston qonunchiligida 2023-yil 1-dekabrdan bir qator o‘zgarish va yangiliklar kuchga kiradi. Xususan, endi sport maktablarga qabul davlat xizmatlari markazi va YIDXP orqali amalga oshiriladi.
Shu yilning 3-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan "Sport sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 583-son qarori qabul qilingan edi. Unga ko‘ra, hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:
Davlat sport-taʼlim muassasalariga oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning oʻqishini koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti;
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalariga oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning oʻqishini koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti.
Shuningdek, qaror bilan mazkur davlat xizmatlari DXM yoki YAIDXP orqali 2023-yil 1-dekabrdan boshlab koʻrsatilishi belgilangan.