x

 O`zbekiston fuqaroligiga ega bolani ota, ona yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxs yoxud hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish:

BHMning 10 baravaridan 50 baravarigacha (3 mln 300 ming so`mdan 16 mln 500 ming so`mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi. (https://lex.uz/docs/97664#6414079) 

Shunga ko`ra, ma'muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ishni ko`rib chiqishda ko`pi bilan 30 kunlik muddat belgilanib, sud ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs zimmasiga bolani chet davlatdan O`zbekistonga qaytarish yoxud huquqbuzarlikni bartaraf etish bo`yicha choralar ko`rish majburiyatini yuklaydi. 

Shuningdek, bolani chet davlatda nazoratsiz qoldirish, xuddi shunday xatti-harakat uchun ma'muriy jazo qo`llanilganidan keyin sodir etilsa yoxud bolaning sud tomonidan belgilangan muddatda O`zbekistonga qaytarilishini ta'minlamaslik 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin

  O`sha qilmish og`irlashtiruvchi holatlarda sodir etilsa, uni sodir etgan shaxs 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

To Top ↑
To Top ↑